Yoshlar parlamentiga Namangandan kimlar boradi?

15.02.2023, 16:46

Yoshlar parlamentiga Namangandan kimlar boradi?

Namanganda ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga tanlov bo‘lib o‘tdi. Uning shahar, tuman boskichlarida 276 nafar faol yoshlar ishtirok etdilar. Partiya faollaridan tarkib topgan  hakamlar hay’ati  a’zolari xar  bir nomzodning siyosiy, huquqiy bilimdonligiga, tengdoshlari o‘rtasidagi obro‘siga, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatiga, notiqlik san’atiga,  partiya tadbirlaridagi  faol ishtirokiga, erishgan yutuqlariga alohida e’tibor qaratdilar. Ular orasidan o‘ttiz olti nafar yosh yigit-qizlar viloyat boskichida ishtirok etishi uchun  saralab olindi.

Tanlovning viloyat bosqichi ham juda qizg‘in, do‘stona raqobat asosida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati a’zolari ham g‘oliblarni aniqlashda ancha qiynalishdi.

Nihoyat, uzoq davom etgan bahslashuvlardan so‘ng eng faol, eng bilimdon, eng tashabbuskor bo‘lgan o‘n bir nafar nomzodlar respublika bosqichiga yullanmani qo‘lga kiritdi.

  • Ko'rildi
    115
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+