Yoshlar parlamenti saylovi: Sirdaryoda 100 nafarga yaqin yoshlar saralash bosqichida qatnashgan

15.02.2023, 16:52

Yoshlar parlamenti saylovi: Sirdaryoda 100 nafarga yaqin yoshlar saralash bosqichida qatnashgan

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkazilayotgan saylovlar davom etmoqda.

Ushbu jarayonda Sirdaryo viloyati yoshlari ham faol ishtirok etyapti. Tuman va shahalardan nomzodlarni saralash bosqichida 100 nafardan ziyod yoshlar qiziqish bildirgan. O’zLiDeP viloyat Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi, partiyaning viloyat Kengashi deputatlari va partiya faollaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan tanlov nizomida belgilangan tartibda nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib munosiblari saralab olindi.

Yoshlar parlamentiga nomzodlar asosan partiyaga xayrixohligi, har jabhada faolligi, tashabbuskorligi, qobiliyati, qonunchilik sohasidagi bilimi va tajribasi, huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlari, keng jamoatchilik orasida o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli yoshlar ichidan saralab olindi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashining talabchan va odil hakamlar hay’ati viloyatdagi “73-Sayxun” saylov okruglaridan nomzodlari ko‘rsatilgan yoshlardan
3 nafarini respublika bosqichida qatnashishga tavsiya etdilar.

Elyor Jo‘rayev,

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+