Sharof Rashidov tumanidagi eng yirik BPTda hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17.02.2023, 11:52

Sharof Rashidov tumanidagi eng yirik BPTda hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida muhim siyosiy jarayon – hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Partiyaning Sharof Rashidov Kengashi tarkibida 8750 nafardan ortiq maslakdoshlarni birlashtirgan 105 ta Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Mazkur quyi bo‘g‘inlarning barchasi xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Tumandagi yirik Boshlang‘ich partiya tashkiloti “Jizzax sement plant” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Shuhrat Safarov yetakchilik qilayotgan mazkur quyi bo‘g‘in o‘z saflariga 500 ga yaqin partiya a’zolarini birlashtirgan.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, deputatlar va quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirok etgan hisobot-saylov yig‘ilishida dastaval yetakchi hisoboti eshitildi. U o‘z hisobotida Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasiga hamohang bo‘lgan partiya Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda partiya faollari tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida gapirib o‘tdi. Bu borada korxona rahbariyati bilan uzviy hamkorlik olib borilmoqda.

Zavod rahbari Ismatullo Abdullayev yetakchiligidagi korxona xodimlari hamda quyi bo‘g‘in faollari bilan hamkorlikda hududdagi 20 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Manzilli reja” ishlab chiqildi. Shuningdek, partiya faollari zavod hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2500 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilishida ham faol ishtirok etishdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari yetakchining hisobotini qoniqarli deb topdilar va uning o‘zi boshlang‘ich partiya tashkilotiga yana qaytadan rais etib saylandi.

Tadbir davomida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yana 30 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi, shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkilotidagi faol partiya a’zolariga estalik sovg‘alari topshirildi.

G’anisher Abalboyev,

O‘zLiDeP  Sharof Rashidov tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+