O'zLiDePning Jizzax viloyat, tuman, shahar kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

17.02.2023, 15:13

O'zLiDePning Jizzax viloyat, tuman, shahar kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi va Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 fevral kuni Jizzax viloyatiga qilgan tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar faolligini oshirish, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, o‘tgan 2022 yil davomida deputatlar tomonidan amalga oshirilgan faoliyat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, ayni paytda viloyatda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O'zLiDePdan saylangan deputatlarning umumiy soni 145 nafarni tashkil etadi. Ulardan 26 nafari viloyat, 108 nafari tuman Kengashlari va 11 nafari Jizzax shahar Kengashi deputatlaridir.

2022 yil davomida partiya deputatlik guruhlari tomonidan jami    148 ta, shundan viloyat Kengashida 11 ta va tuman (shahar) Kengashlarida    137 ta hisobot eshituvlari o‘tkazilgan. Shuningdek, jami 972 ta, shundan viloyat Kengashi deputatlik guruhi tomonidan 317 ta va tuman (shahar) Kengashlari deputatlik guruhi tomonidan 655 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Joriy yilning yilning yanvar oyi davomida partiya deputatlik guruhlari tomonidan jami 12 ta, shundan viloyat Kengashida 1 ta va tuman (shahar) Kengashlarida 11 ta hisobot eshituvlari tashkil etilgan. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga viloyat Kengashi deputatlik guruhi tomonidan 27 ta va tuman (shaxar) Kengashlari deputatlik guruhi tomonidan 86 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Xalq deputatlari viloyat Kengashi Sessiyalariga 1 ta taklif, tuman (shahar) Kengashlari Sessiyalariga 6 ta taklif kiritilib, 4 ta qaror qabul qilingan.

Yig‘ilishda deputatlik guruhlari bilan ishlash, ya’ni deputatlik so‘rovlari yuborish va uning ijrosini nazoratga olish, mansabdor shaxslarning hisobot eshituvlarini tashkil etish hamda deputatlarning faolligini oshirishda yetarlicha faollik ko‘rsatatmayotgan Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari rahbarlari va tuman partiya tashkilotlari tanqid qilib o‘tildi. Muhokamada ishtirok etgan tajribali partiya faollari, mazkur tumanlarda deputatlar faoliyatini jonlantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Yig‘ilish davomida Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 fevral kuni Jizzax viloyatiga qilgan tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, shuningdek, Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, qabul qilingan qonunlarning amaliyotda so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda deputatlik nazorati ishtirokini kengaytirish vazifalari belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlarning muammoli masalalarini partiyaviy vositalar orqali hal etish, ularni xususiy va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish orqali bandligini ta’minlash ishlarini davom ettirish yuzasidan xalq noiblarining mas’ulligini yanada kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar ham alohida ko‘rsatib o‘tildi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+