Konimexning eng olis qishlog‘ida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi
17.02.2023, 15:20

Momiqchi qishlog‘i Konimex tuman markazidan ancha olisda joylashgan. Yo‘l bosib tuman markaziga borib to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishga hammada ham imkoniyat yo‘q.
O’zLiDeP Konimex kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari Konimex tuman kengashidgai O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Yu.Aydarova bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida tumanning olis hududi bo‘lgan “Tukkiztepa” MFYda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Bepul tibbiy ko‘rikka malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 80 nafarga yaqin xotin-qizlar, bolalar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, ayollar daftarida turuvchi sog‘ligida nuqsoni borligi aniqlangan bir guruh xotin-qizlarga dori-darmon vositalari bepul berildi.
Bu kabi tibbiy ko‘riklarning olis hududlarda tashkil etilishi biz shifokorlar uchun bir oz qiyinchilik tug‘dirsa-da, aholi orasida kutilmagan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olinishiga, turli onkologik kasalliklarning erta aniqlanishiga hamda odamlarimizda sog‘lom jamiyat rivoji uchun o‘z salomatligini nazoratga olishi kerakligini tushunishlariga xizmat qiladi, - deydi oliy toifali shifokor S. Hakimova.
O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash
mutbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:23
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
Fikringizni qoldiring