O’zLiDeP Samarqand shahar va deputatlik guruhi vakillarining faoliyatlari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi

17.02.2023, 15:22

O’zLiDeP Samarqand shahar va deputatlik guruhi vakillarining faoliyatlari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi

 O’zLiDeP Samarqand shahar hamda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhlarining 2022 yildagi faoliyati yakunlari hamda navbatdagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar  Kengashi  va  deputatlik guruhi vakillarining faoliyatlari tanqidiy tahlil qilindi. O’tgan davr davomida o‘tkazilgan tadbirlar muhokama qilindi.

Hisobot davrida O’zLiDeP Samarqand shahar deputatlik guruhi  tashabbusi bilan sessiyaga 4 ta  masala kiritilib,  16 ta deputatlik eshituvi hamda 11 ta sayyor qabul o‘tkazilgan. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tashkilotlarga 127 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan.

Yig‘ilishda joriy yilgi Davlat dasturi loyihasining umumxalq muhokamasiga deputatlar, partiya faollari tomonidan bir qator takliflar bildirildi.

         Fazliddin G’aybullayev,

 O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    237
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+