Talaba yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi

17.02.2023, 15:27

Talaba yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi

Barchamizga ma’lumki, yurtimiz aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil qiladi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish islohotlar jarayonidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois keng jamoatchilik tomonidan bu borada zarur ishlar olib borilmoqda.

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch davlat universitetida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. 

Uchrashuvda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tashkiliy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Shuhrat Atajanov, universitet o‘qituvchi va professorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

“Yangi avlod kadrlar loyihasi” doirasi tashkil qilingan uchrashuv davomida mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ular faoliyatiga oid qabul qilinayotgan muhim qonunlar, farmon va qarorlarda yoshlarning taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi ularga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligi qayt etildi.

Uchrashuv davomida partiya tomonidan olib borilayotgan ishlar, yoshlarga berilayotgan alohida e’tibor va ularga yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar haqida so‘zlab berildi.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning faolligini yanada oshirish masalasida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shuningdek, tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 15 nafardan ortiq yoshlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

Sevara Ro‘zmetova

O’zLiDeP  Xorazm viloyati Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar

bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    249
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+