Ishchi guruh faoliyati: Namanganda xotin-qizlarni bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

20.02.2023, 12:35

Ishchi guruh faoliyati: Namanganda xotin-qizlarni bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

O`zLiDeP Namangan viloyati Kengashi “Ayollar qanoti”, “Ishga Marhamat” Monomarkaz Namangan shahar bo‘limi hamda Yuksalish Umumilliy Harakati Namangan viloyat Kengashi hamkorligida Prezidentimizning hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlariga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan partiya ishchi guruhining navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, viloyatda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 950 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlashga erishiladi. Tadbirda shular xususida so‘z yuritilar ekan “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Bu borada hududda tashkil qilingan Monomarkazlar ishsiz xotin-qizlarni, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali yuzlab fuqarorlarni ishbilarmon bo‘lishga, bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini alohida e’tirof etish joiz.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+