Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi

Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi

O'zLiDeP Samarqand viloyat va Payariq tuman Kengashlari, Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi bilan hamkorlikda muloqot tashkil etildi.

Tadbirda tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Xususan, “Kattasaydov” mahallasida istiqomat qiluvchi Shaxzoda Narzullayeva 3 nafar farzandi shartnoma asosida o‘qayotganligi, o‘zi esa tikuvchilik bilan shug‘ullanishi hozirda yana bitta tikuv mashinasi  va mato olishga imkoni yo‘qligi borasida murojaat qildi. Mazkur masala ijrosi yuzasidan O'zLiDeP Payariq tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Payariq tuman Kenashi deputati Alisher  Maxammatov  tomonidan  ushbu fuqaroga  tikuv mashinasi hamda matosi olib beriladigan bo‘ldi.

Payariq tumani Aliobod mahallasidan Azamat Ernazarov nabirasi Hasan Xidirov avariya sababli 2-guruh nogironi bo‘lib qolganligi jarrohlik operatsyasi uchun mablag‘ kerakligi to‘g‘risida murojaat qildi.   Mazkur masala bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi o‘rinbosari Dilmurod Jo‘rayev tomonidan tibbiy sug‘urta qilib beriladigan bo‘ldi.

Tadbir yakunida barcha murojaatlar deputatlar tomonidan nazoratga olinishi shuningdek, deputatlik so‘roviga befarqlik bilan qaragan tashkilot va korxonalarning monitoringini tashkil qilib, bunday mas’uliyatsiz mutasaddilar masalasini sessiya kun tartibiga qo‘yishga kelishib olindi.

 Nodir To‘rayev,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+