Deputatlik eshituvi: Zomin tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisobot berdi

21.02.2023, 15:54

Deputatlik eshituvi: Zomin tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisobot berdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentning 2022 yil 8 fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan  tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xayrulla Yaxshiboyevning hisoboti tinglandi.

Mutasaddi o‘z hisobotida, tumanda chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, tumanda o‘tgan yili bitta sut yo‘nalishida, bitta go‘sht yo‘nalishida kooperatsiya tashkil etilgan. “Qo‘ng‘irboy” fermer xo‘jaligi tomonidan 20 ta xonadonga chorva mollari berilgan bo‘lib, ular ozuqa mahsulotlari bilan ham ta’minlanib borilmoqda. Yetishtirilgan sut mahsulotlari esa  fermer  tomonidan sotib olinib, qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib berilmoqda. Natijada, 20 ta xonadon oila a’zolari bandligi ta’minlangan. Shuningdek, “Ardasher yangi chorvasi” fermer xo‘jaligi tomonidan 12 ta xonadon bilan shartnoma tuzilib, go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar yetkazib berilib,  boqilgan chorva mollari qayta sotib olinmoqda.

Lalmi maydonlarini o‘zlashtiruvchi va gidroponika usulida chorva ozuqalarini yetishtiruvchi sub’ektlarga uskunalarni xarid qilish uchun harajatining 20 foizini davlat budjetidan qoplab berishi fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tushuntirib borilmoqda. Natijada, tumanda “Salohiddin chorva invest”  va “Nasldor dala chorvasi” fermer xo‘jaliklarida gidroponika usulida sug‘orish tizimi tashkil etildi.

Shuningdek, ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida, 3 ta chorvachilik subektlariga 300 gektar lalmi yer maydoni ajratildi. Tik quduq artezianlari qazilib, 300 gektar yer maydonlari o‘zlashtirildi hamda beda va makka ozuqalari ekildi.

Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, sohadagi mavjud muamolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar. Mazkur muammolarni deputatlik nazoratiga olib, partiyaviy vositalar bilan bartaraf etish chora tadbirlari ham belgilab olindi.

Primqul Nurmatov,

O`zLiDeP  Zomin tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+