Quyi bo‘g‘inlar faoliyati tanqidiy sarhisob qilinyapti

21.02.2023, 16:16

Quyi bo‘g‘inlar faoliyati tanqidiy sarhisob qilinyapti

O’zLiDeP Angren shahar Kengashi qoshidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Partiyaning tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishida tashkilotning 2022 yilda olib borgan faoliyati yuzasidan hisobot tinglanib, uning yangi raisi va o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi va davlat dasturida ta’lim sifatini oshirishga doir belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bilangina ta’lim tizimida yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini qayd etdilar. Belgilab berilgan vazifalar va maqsadlarning tub zamirida katta insonparvarlik mujassamligini ta’kidladi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi ishtirokchilari boshlang‘ich partiya tashkiloti raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqisharkan, amaldagi raisni faoliyatining ibratli jihatlari, o‘z ishining yetuk mutaxassisi, o‘zining mustahkam siyosiy pozitsiyasiga egaligi, insoniy fazilatlarini inobatga olgan holda qayta saylash taklifini berishdi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Shuningdek, yig‘ilishda BPTning 2023 yil uchun ishlab chiqilgan ish rejasi ham ko‘rib chiqilib, istiqbolda birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar o‘zaro taqsimlab olindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+