Nukuslik talaba yoshlarning fikr va takliflari tinglandi

23.02.2023, 17:04

Nukuslik talaba yoshlarning fikr va takliflari tinglandi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasidagi navbatdagi muloqotini O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida tashkil qildi.

Muloqotda partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar,  xususan,  “Yangi  avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, partiyaning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari, a’zo bo‘lish tartiblari, zaxira kadrlarni shakllantirish va ularni siyosiy bilimlarini oshirish, biznes ko‘nikmalarini shakllantirish borasida qilinayotgan amaliy ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoshlar  bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning faolligini yanada oshirishda fikr va takliflari tinglandi. Taqdimot yakunida talabalar partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+