Bo‘kada partiya quyi bo‘g‘inlari deputatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan

24.02.2023, 11:52

Bo‘kada partiya quyi bo‘g‘inlari deputatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan

Ayni kunlarda O‘zLiDeP Bo‘ka tuman  Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham muhim siyosiy jarayon – hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Partiyaning tuman Kengashi tarkibida 5095 nafardan ortiq maslakdoshlarni birlashtirgan 47 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Mazkur quyi bo‘g‘inlarning barchasi xalq deputatlari  tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Har yili o‘tgan davrdagi faoliyatni sarhisob qilib, yangi istiqbol rejalarini birgalikda tuzib olish partiya tashkilotlarining yaxshi an’anasiga aylangan. Zero, sarhisob istiqbolda turgan vazifalarni belgilab olishda muhim qadam hisoblanadi.

OʻzLiDeP tuman kengashi qoshidagi tuman “Obodonlashtirish” bo‘limi  boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP Bo‘ka tuman  Kengashi xodimlari, deputatlar va quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirok etishdi.

Dastavval kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan katta tajribaga ega, jonkuyar rahbar partiyadoshimiz Dilobar Bozorboyeva yetakchilik qilayotgan, bugun o‘z safida 170 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan mazkur quyi bo‘g‘inning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.

Shijoatli yetakchi o‘z hisobotida Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasiga hamohang bo‘lgan partiya Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda partiya faollari tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari haqida gapirib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, partiyaning g‘oya va maqsadlarini keng aholi qatlamlari orasida ta’sirchan targ‘ib qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirishda partiya mutasaddilari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi va korxona rahbariyati bilan o‘zaro uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Quyi bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati ijobiy baholanib, Dilobar Bozorboyeva mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotiga qaytadan rais etib saylani.

Tadbir davomida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yana 20 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, BPTdagi faol partiya a’zolariga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+