Nukuslik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

24.02.2023, 11:58

Nukuslik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

O’zLiDeP Nukus tuman Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Maqsad esa aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayniqsa xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning salomatligini mustahkamlash borasida tibbiy savodxonligini yanada oshirishdir.

Nukus tuman tibbiyot birlashmasida tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonalari, tez tibbiy yordam bo‘limi, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 2 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy shifokorlik punktlari faoliyat olib bormoqda.

O’tgan yili tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi yangi imorati foydalanishga topshirildi va bugungi kunda tuman xalqiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shifoxonada zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, rentgen, laboratoriya, bioximiya analizator, mikroskop barcha tibbiy apparatlar aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur tibbiyot birlashmasida "Baqanshaqli" OFYda istiqomat qiladigan xotin-qizlarimiz o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasligi uchun tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalladagi 15 nafarga yaqin xotin-qizlarimiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga maslahat va tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda "Baqanshaqli" OFY da 7800 dan ziyod aholi  istiqomat qiladigan bo‘lsa, shundan 4 mingdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi.       

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+