BPTlar faoliyati tanqidiy sarhisob qilinyapti

24.02.2023, 12:00

BPTlar faoliyati tanqidiy sarhisob qilinyapti

Ayni kunlarda O`zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tarkibidagi quyi bo‘g‘inlarda hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hududlarda bo‘lib o‘tayotgan quyi bo‘g‘inlardagi hisobot-saylov yig‘ilishlari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholining barcha qatlamlari orasida keng targ‘ibot qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aynan partiya hayotida alohida o‘rin tutuvchi bu siyosiy jarayonda, amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari va ularning samarasi sarhisob qilinib, yo‘l qo‘ygan xatolardan kerakli xulosalar chiqriladi hamda kelgusi yilda amalga oshirish zarur bo‘lgan ish rejalari belgilab olinadi.

1200 nafar xodim faoliyat yuritib kelayotgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya bo‘limidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Tuqsanov rahbarlik qilayotgan ushbu tashkilot qoshidagi quyi bo‘g‘inda 672 nafar partiya faollari birlashgan. Hisobot-saylov yig‘ilishda quyi bo‘g‘in yetakchisi I.Ahtamov partiya Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hamda partiyaning targ‘ibotiga qaratilgan tadbirlar tashkil etilganiga urg‘u berib o‘tdi. Shuningdek,  aholi murojaatlarini o‘rganish, partiyaning shahar bo‘limi hamda mahalliy kengash deputatlari orqali tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtaldi. 

Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari natijasida o‘tgan yil davomida 97 nafar xodimlar partiya safiga qabul qilindi. Hisobot davomida faollar tomonidan ko‘pchilikni qiynayotgan turli ijtimoiy muammolarni, aholi tomonidan tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilishda BPT faollari hamda xalq deputatlari shahar Kengashi deputati A.Tuksanov jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Jamoa tomonidan yetakchining hisoboti qoniqarli, deb topildi va I.Ahtamov BPTga yakdillik bilan qayta rais etib saylandi.

Tadbir so‘ngida partiyaviy tadbirlarda hamda a’zolar sonini oshirishda faol ishtiroki uchun bir guruh quyi bo‘g‘in a’zolari estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

mutbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+