Yangiqo‘rg‘onlik oilaviy tadbirkorning xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi
24.02.2023, 12:02

Mahallalarda ishsiz xotin-qizlarni tomorqadan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali bandligini ta’minlashga erishish maqsadida tajribali tomorqachilar xonadonida mahorat darslari o‘tkazib kelinmoqda.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Rovut” MFYda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Otaboyeva Shaxzoda xonadonida mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz ayollar uchun “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Ishtirokchilar issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlarni parvarish qilishdan tortib, urug‘lik olishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan tanishtirildi.
Xonadon sohibi issiqxonani bir necha yil oldin imtiyozli kredit evaziga bunyod qilgan edi. Hozirda barcha qilingan xarajatlar va kredit qarzlari to‘landi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning tadbirkorlikka qiziqishi ortganligi va kelajakda issiqxona tashkil etish maqsadi uyg‘onganligini aytib o‘tishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring