Talaba yoshlar partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
24.02.2023, 12:03

Har bir millatning, mamlakatning ertasi, kelajak taqdiri yosh avlodning qo‘lida ekanligi sir yemas. Shu sababli, yoshlarning siyosiy, ijtimoiy faolligi davlat ahamiyatiga molik masalalardandir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar siyosatiga e’tibor sezilarli darajada kuchaydi.
O`zLiDeP Toshkent shahar hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish ” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Erkin Zaxidov, tuman deputatlari, Toshkent shahar Kengashi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz.
Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring