Fuqarolarni o‘ylantirgan masalalar joyida hal etildi

25.02.2023, 17:32

Fuqarolarni o‘ylantirgan masalalar joyida hal etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayevaning O‘zbekiston tumanidagi o‘rganishlari qizg‘in kechmoqda.

Saylovchilar bilan uchrashuvning ilk manzili tumandagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. M.Xo‘jayeva dastlab maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, deputat maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, bolaning shaxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi natijali ta’limni tashkil etishga qaratilgan takliflar berdi.

M.Xo‘jayeva hududdagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Ta’kidlash joiz, mazkur ilm dargohi deputatning sa’y-harakati bilan Davlat dasturiga kiritilib, qo‘shicha bino qurish uchun Davlat budjetidan 3 mlrd. 600 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda maktabda 340 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Deputat o‘qituvchilar bilan dildan suhbatlashib, maktabning moddiy texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi.

Deputat o‘rganishlar chog‘ida O‘zbekiston tumanining eng chekka hududida joylashgan “Hotamtoy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib saylovchilar bilan uchrashdi. Ularni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolarini o‘rgandi. Mazkur uchrashuvda Anvarjon Fayzullayev, Salimjon Akbarov, Gulnoraxon Otajonova, Sherzodbek Sattorovlarning muammolari joyida hal etilgan bo‘lsa, ayrim fuqarolarning masalalariga qonuniy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etiladigan masalalarga ma’sullar biriktirilib, nazoratga olindi.

Deputatning o‘rganishlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    187
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+