Deputat Sherobod va Boysun tumanidagi saylovchilarning murojaatlarini o‘rgandi

27.02.2023, 12:58

Deputat Sherobod va Boysun tumanidagi saylovchilarning murojaatlarini o‘rgandi

Shu kunlarda xalq vakillarining aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlari muammolarga yechim topishda qo‘l kelmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulovning Boysun va Sherobod tumanlari saylovchilari bilan uchrashuvlarida maktablar faoliyati, tadbirkorlik sub’ektlari, mahallalarda olib borilayotgan ishlar va aholi murojaatlari bilan yaqindan tanishdi.

Xalq vakilining uchrashuvi Boysun tumani “Obi” mahallasi hududida “Firdavs nevmedical” MChJ tomonidan umumiy qiymati 7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan tibbiy kilinikaning, qurilish jarayoni tanishuvidan boshlandi. Ushbu klinikaning amalga oshirilishi bo‘yicha Investitsiya dasturi asosida kredit ajratilishi rejalashtirildi va klinikada zamonaviy tibbiy jixozlar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilgach tuman aholisini olis va chekka, viloyat hamda poytaxt kasalxonalariga tibbiy apparatlar uchun tekshiruvlarga borishlariga xojat qolmaydi. Ushbu zamonaviy klinikaning bugungi kunda pardozlash va moddiy texnika bazalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Boysun tumani “Gaza” MFY hududidan 6 gektar yer maydonida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilgan. Ajratilgan yer maydoni 34 ta lotlarga ajratilib, hozirda “E-IJRO” ochiq autsion savdosi orqali 24 ta lotlar sotilgan, qolgan 10 ta lotni “E-IJRO” ochiq autsion savdosiga joylashtirishi ishlari olib borilmoqda.  Deputat Hazratqul Xo‘jamqulov tuman hokimi hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumandagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi faoliyatini o‘rganishdi. O’rganish jarayonida yoshlar va tadbirkorlar uchun ajratib berilayotgan yer maydonlari, shuningdek ularning takliflari ko‘zdan kechirildi hamda mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

Hozirda Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasi hududida joylashgan “Qurbonali Amin” fermer xo‘jaligiga qarashli 5,0 gektar yer maydonida tuman Davlat O’rmon xo‘jaligi tomonidan o‘rik, tut, eldor qarag‘ay, namatak, olma, shumtol, safora kabi daraxtlarning urug‘laridan ko‘chatlar tayyorlash maqsadida ekish ishlari olib borilmoqda. Xalq vakili mazkur jarayon bilan tanishib, tumandagi tashkilot va korxona xodimlari ishtirokida terak qalamchalari, 1000 tupga yaqin payvand bodom ko‘chatlari ekish ishlari ham olib borildi.

Shuningdek, Hazratqul Xo‘jamqulov tuman hokimi mutasaddi rahbarlari bilan hamroxligida Boysun tumanida yangidan qurilayotgan Yangi O’zbekiston massivida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini ko‘zda kechirar ekan, qurilish ishlarini sifatli va xalq manfaatlariga mos ravishda sharoitlar yaratib berilishi borasida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Deputatning Sherobod tumanidagi saylovchila bilan uchrashuvlari ham mazmunli bo‘lib o‘tdi. Dastlab Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Jo‘rayev va mas’ullar ishtirokida anomal sovuqdan zarar ko‘rgan tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi. Uchrashuvda “Taroqli” mahallasidagi “Tojiyev Sohib” oilaviy korxonasining kredit olish bilan bog‘liq, shuningdek, anorchilikka ixtisoslashgan “Sardorbek-Sultonbek-Samir-Daler” MChJ hamda “Azizbek-Sherobod-Eksport” fermer xo‘jaligining kredit qarzdorligini to‘lash muddatini uzaytirish masalalariga e’tibor qaratilib, ushbu muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar orqali hal qilinishi choralari ko‘rildi.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+