Xotin-qizlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi

27.02.2023, 17:21

Xotin-qizlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligini oshirish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Sergeli tumanida tashkil qilingan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova, O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shaxnoza Alimova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Hayotxon Kuchkarova va mazkur tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ayollar,  ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalasiga ahamiyat qaratishdi va bu borada partiya oldida turgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtaldilar.

Qiziqarli, bahs-munozalar bilan o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+