Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan 12 nafar yoshlar istiqblolli kadrlar zahirasiga olindi
28.02.2023, 16:34

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, “Yoshlar qanoti” faollari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ayni kunlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoshidagi Yoshlar parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ayniqsa, fidoiy, vatanparvar, elim, yurtim deb yonib yashaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.
Yoshlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga batafsil javob qaytarilgan va ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda 12 nafar talaba yoshlar istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.
Dilshod Tursunboyev,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy
va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring