Namanganda fuqarolar deputat Zafar Xudoyberdiyevga o‘z murojaatlarini yo‘lladi

28.02.2023, 16:39

Namanganda fuqarolar deputat Zafar Xudoyberdiyevga o‘z murojaatlarini yo‘lladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev xalq bilan muloqotlari avvalida Norin tumanida yangi qurib bitkazilgan 43-maktabning ochilish marosimida hokim Jo‘rabek Nurmatov bilan birga ishtirok etdi.

Deputat o‘z so‘zida davlatimiz rahbari ilgari surgan Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Ayniqsa, strategiyada aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha belgilangan muhim vazifalarni sanadi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanib, bilim va tafakkurlarini boyitish maqsadida ko‘plab kitoblar o‘qishlari lozimligini uqtirdi.

Shundan so‘ng yana bir yangi 38-maktab faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda yana amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mutasaddilarga fikr, mulohazalarini bildirdi. Undan so‘ng yaqinda qurib bitkazilgan 27-MTT va ta’mirlash ishlari davom etayotgan 35-sonli MTTda bo‘lib, zarur ko‘rsatmalarini bergach, Kemaboshi mahalla ahli bilan uchrashdi. Ularni qiynayotgan muammolarini tinglab, savollariga javob berdi.

  • Ko'rildi
    394
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+