Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan qurilish ishlari sifati o‘rganildi

28.02.2023, 16:41

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan qurilish ishlari sifati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova mahalliy kengash deputatlari hamda qurilish bo‘limi mutaxassislari bilan o‘z saylov okrugidagi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan qurilish ishlari sifatini o‘rgandi.

Deputat dastlab Buxoro viloyat hokimligi xuzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan umumiy shartnoma qiymati 43 783,094 mln. so‘mni tashkil etadigan Buxoro shahrida barpo etilayotgan 120 o‘rinli Endokrinologiya dispanseri ob’ektida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi.

Deputat shuningdek, Buxoro shahrining Ibn Sino va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida 3000-4000 tomoshabinga mo‘ljallangan Universal sport majmuasining qurilish-montaj  ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O’rganish davomida qurilish ishlarining loyihasi-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga mos va sifatli bo‘lishi, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanganligi, nogironlarga yaratilgan sharoitlar va boshqa qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilayotganligi bilan yaqindan tanishdi.

  • Ko'rildi
    220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+