Fermerlar bilan dildan uchrashuv
28.02.2023, 18:49

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan Mamutov hududlardagi uchrashuvlarini To‘rtko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan fermerlar bilan dildan suhbatlashish, ularni tinglashdan boshladi. Avvalo mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va agrar sohaga qaratilayotgan e’tibor va yangiliklar xususida mirishkorlarga ma’lumot berdi. 20 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi va Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama kilingan masalalarni yetkazdi.
Bundan tashqari Prezidentimizning 2023 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini ham erinmasdan tushuntirdi. Mazkur qarorning qabul qilinishi fermer xo‘jaliklarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratishini ta’kidladi. Darhaqiqat keyingi yillarda yurtimizda barcha tarmoqlarda klasterlar faoliyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish, ayniqsa, paxta-to‘qimachilik, meva-sabzavotchilik yo‘nalishlarida ular faoliyatini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi mas’uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5 200 dan ziyod fermerlar faoliyat olib bormoqda.
Tuman hokimiyatida o‘tkazilgan seminarda ham yig‘ilganlarni o‘simliklar qonunlar bilan ham tanishtirdi. Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan jonli muloqotda fermerlarning takliflari yozib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Inson qadri, ijtimoiy himoyasi — ustuvor maqsad
29.09.2023, 15:43
-
“Yoshlar daftari”: Yangi imkoniyatlar va kompleks yondashuv
28.09.2023, 16:37
-
Besh tashabbus olimpiadasi — yoshlarni birlashtirishda muhim omil
28.09.2023, 16:25
-
Jahon savdo tashkiloti: imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
28.09.2023, 14:43
-
Endi mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham qo‘shilib, “mahalla yettiligi” bo‘ladi
27.09.2023, 09:57
Fikringizni qoldiring