Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari uchun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G’.Abdiyev, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri J.Xo‘jamqulov, “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi rahbari, O‘zLiDeP Urgut tuman kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Islomov, Samarqand davlat universiteti Urgut filiali rahbariyati hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, har bir sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar ana shu g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Jaxongir Xo‘jamqulov. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz.
Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda mazkur filialda 500 nafar talaba tahsil olmoqda.
Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi.
Nasiba Mo‘minova,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring