Maktab jihozlari qayerda?
28.02.2023, 19:00

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova saylovchilar bilan uchrashish, hududda kechayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Baxmal tumanida bo‘ldi. Tuman hokimiyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvida hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari ham hozir bo‘lgani aholi murojaatlarini joyida hal qilish imkonini berdi. Shunday muloqot tuman Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida ham tashkil etildi.
So‘ngra hududda o‘tgan yili investitsiya dasturi asosida yangidan bunyod etilgan va rekonstruksiya qilingan 85 va 83-umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi. Maskanlar hali hamon to‘liq jihozlanmagani aniq bo‘ldi. Jumladan, 83-maktabga oshxona, kutubxona, sport jihozlari yetkazib berilmagan, 85-maktabdagilar ham kompyuter va boshqa o‘quv jihozlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Mutasaddilar bilan kamchilik sabablariga oydinlik kiritildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Deputat muammolarni o‘z nazoratiga oldi.
O'xshash yangiliklar
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
Fikringizni qoldiring