Deputat 22 nafar saylovchini qiynayotgan muammosini joyida hal qildi

01.03.2023, 17:27

Deputat 22 nafar saylovchini qiynayotgan muammosini joyida hal qildi

Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi rahbari, OʻzLiDeP tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Elyor Oltiyev “Bir deputat-yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida saylov okrugiga qarashli MFYlar aholisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida 22 nafar fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan masalalar bo‘yicha murojaat etdilar. Murojaatlarning ko‘pchiligi tibbiyot sohasida doimiy ish bilan ta’minlash, bepul jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, nogironligi bor shaxslarni tegishli tibbiy uskunalar bilan ta’minlash, davolash muassasalarigi order ajratish singari masalalarda bo‘lib, ularning aksariyati deputat tomonidan o‘z joyida hal etildi.  

Shu tariqa “Xo‘jakon” MFYda yashovchi fuqaro Umida Raximova tibbiyot birlashmasiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilingan bo‘lsa, “Mallasheyx” MFYda yashovchi fuqaro Jamila Sevinchevaga eshitish apparati olib berildi, "Ayollar daftarida" ro‘yxatiga kiritilgan  fuqarolardan biriga esa tuman markaziy kasalxonasida bepul yuqori texnologiyalik uskunalar yordamida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan bo‘ldi. Murojaatchilardan ikki nafariga viloyat kasalxonasida davolanishi uchun imtiyozli yo‘llanma (order) berilib, yana 2 nafar bemor bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Qabul davomida bir qator fuqarolarning murojaatlari asosida amaldagi qonunlar hamda keyingi paytda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ham tegishli tushuntirishlar berildi.

  • Ko'rildi
    189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+