Samarqandda “Ayollar daftari” bilan ishlash bo‘yicha mutasaddi rahbarning berilgan hisobotidagi raqamlar asosli(mi)?

01.03.2023, 17:32

Samarqandda “Ayollar daftari” bilan ishlash bo‘yicha mutasaddi rahbarning berilgan hisobotidagi raqamlar asosli(mi)?

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida viloyatda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga imkoniyatlar yaratish, “Ayollar daftari” bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar  yuzasidan  viloyat Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rayxona Asrorova hisobot berdi.

Qayd etildiki,  viloyat oliy o‘quv yurtlarida bugungi kunda 498 nafar iqtidorli talaba qizlar tahsil oladi. Shulardan 4 nafari Prezident stipendianti, 21 nafari nomdor davlat stipendiantlari, 4 nafari viloyat hokimi stipendiantlaridir. 41 nafar iqtidorli magistrant xotin-qizlar, 111 nafar doktorant xotin-qizlardir, 2022 yilda oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi 3103 nafar xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

Shuningdek, Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 657 nafar xotin-qizlarning uy-joy sharoitlari yaxshilanib, viloyat miqyosidagi 268 nafar xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari olib berilgan. Shuningdek, bandlik bosh boshqarmasi  tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda 13700 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 15608 nafar ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi.

2022 yil davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilgan ishlar natijasida joriy yil dekabr holatiga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 65 ming 920 nafar xotin-qizlardan 65 ming 854 nafariga yordam ko‘rsatilgan.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali bosh muhandisi Alisher Mutaliboyevning ham axbaroti eshitildi.

Deputatlar mazkur ikkita masala yuzasidan sohadagi kamchiliklar tahlil qilinib tegishlicha taklif va tavsiyalar berildi va ushbu masalalarni xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+