BPT tashabbusi bilan 35 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

01.03.2023, 17:33

BPT tashabbusi bilan 35 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

Yakkasaroy tumani “Hududpoytaxtgaz” Toshkent shahar filalida tashkil etilgan 100 nafar partiya a’zosini bilashtirib turuvchi O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu quyi bo‘g‘in o‘tgan yil davomida bir qator amaliy ishlarga ham qo‘l urdi va partiya bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. Xususan, mazkur quyi bo‘g‘in tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilib, 39 ta tadbir tashkil etildi va natijada 35 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shildi.

Shuningdek, quyi bo‘g‘in tomonidan tadbikorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda ham faollik ko‘rsatildi. Ushbu ijobiy ishlarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Yakkasaroy tuman Kengashi va deputatlarning hamkorligi muhim sanaladi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in tomonidan bu kabi amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Mazkur tashkilotning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti ijobiy baholandi.

Shuningdek,  Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim  yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2023 yildagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+