G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15

Har qanday partiyaning asosiy tayanchi boshlang‘ich tashkilotidir. Sababi, mehnat jamoalarida, mahallalarda faoliyat yuritayotgan, bevosita jamoatchilik bilan ishlaydigan, partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida birlashtiradigan tuzilma ham aynan quyi bo‘g‘in.
Ayni shu mitti siyosiy tayanch nuqtasi faoliyatini takomillashtirish bugun ustuvor vazifalardan biriga aylangan. O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan e’tiboran bosh lang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari boshlangani ham shu maqsad yo‘lidagi asosiy qadamlardan.
Ikki oy davom etadigan mazkur muhim jarayon davomida BPTlar faoliyati xususida aniq xulosalar chiqariladi. Shuningdek, ularning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ravishda ko‘rib chiqilib, joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Qayd etish kerakki, mazkur tadbirlarda ushbu bo‘g‘inlar ishini baholash, rais va ularning o‘rinbosarlarini saylash eng asosiy vazifa. Zero, bugungi kunda atrofiga 1 million 300 mingga yaqin partiya a’zosini birlashtirgan 14 ming 132 ta quyi BPTga munosib yetakchilar rahbarlik qilishi istiqboldagi ustuvor vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida muhim rol o‘ynaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, BPTlar faoliyatini jonlantirishga davr oldimizga qo‘yayotgan talablardan kelib chiqib yondashilmoqda. Boshlang‘ich tashkilot faoliyati qanchalik samarali bo‘lsa, partiya kengashlarining amaliy ishlari salmog‘i ham shunchalik ortadi. Bu esa partiyaning jamiyatda ta’sir kuchi, obro‘-e’tibori oshishiga, dasturiy maqsadlari ro‘yobga chiqishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Umidjon ABDURAHMONOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya
qo‘mitasi sektor mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring