BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32

O'zLiDeP Romitan tuman Kengashi tarkibida 5750 nafar a’zolarni o‘z atrofiga birlashtirgan 65 ta partiya quyi bo‘g‘ini mavjud bo‘lib, shu kunga qadar ularning 16 tasiga hisobot–saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ana shunday yig‘ilishlardan biri Tuman veterinariya va naslchilik bo‘limi huzuridagi partiya quyi bo‘g‘inda ham o‘tkazildi. BPT yetakchisi Uchqun Hodiyevning quyi bo‘g‘inning o‘tgan hisobot davridagi faoliyati bo‘yicha axboroti tinglandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan partiya a’zolari o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Jumladan, partiya saflarini o‘stirish, elektorat vakillari muammolarini mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda hal etishga yetarli e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda BPTning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” dagi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
BPTNing hisobot saylov davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Korxonaning tajribali mutaxassislaridan biri Mirshod Tuxtayev partiya quyi bo‘g‘ini yetakchiligiga saylandi.
O'zLiDeP tuman Kengashi rejasiga asosan BPTlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring