Qurolimiz ham, qalqonimiz ham ma’naviyat bo‘lsa...

02.03.2023, 15:38

Qurolimiz ham, qalqonimiz ham ma’naviyat bo‘lsa...

Bir savol meni doim o‘ylantiradi: “yuksak ma’naviyatli jamiyat qurish yo‘lida, avvalo, nimalarga e’tibor qaratiladi?” Eavobi esa bir qaraganda juda oson – yoshlar tarbiyasiga e’tibordan boshlash kerak hammasini! bugun davlatimiz rahbari boshchiligida ayni shu masalada olib borilayotgan ishlar mohiyatidan ham anglash mumkin buni.

Hozirgi global makonda siyosiy, iqtisodiy, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar nihoyatda kuchaygan. Ko‘rib turibmiz barini. Shu sabab ham yosh avlod tarbiyasining o‘rni va ahamiyati har qachongidan muhimligi hech kimga sir emas.

Xo‘sh, bugun axborot asrida bolalarimizni buzg‘unchi g‘oyalardan, mafkuraviy xurujlardan qanday himoya qilamiz? Taqiqlash, cheklash orqalimi? Yo‘q. Bu endi imkonsiz. Imkoni bo‘lganda ham natijasi biz kutgandek bo‘lmasligi mumkin. Shu tobda hind davlat arbobi Mahatma Gandining bir gapi yodga tushdi: “Uyimizga toza havo kirishi uchun derazani ochsak, u bilan birga chang-to‘zon ham kiradi”. Juda dono fikr. Ayni paytda yuqorida qo‘yil gan savolga javob ham.

Jaholatga qarshi ma’rifat, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish zarur, degan tamoyil hamon dolzarb. Ta’lim tizimining ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, yoshlarga mustaqillik g‘oyalari, milliy a’nanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib borish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Agar yoshlarimizni ma’naviy yetuk etib tarbiyalasak, hech qanday xavfdan qo‘rqmasak ham bo‘ladi. Chunki ma’nan barkamol, o‘zligini anglagan kishi har qanday vaziyatda, har qanday payt da yaxshini yomondan, oqni qoradan ajrata oladi, hech bir tuzoq uni o‘z domiga tortolmaydi. Bunday paytda qurol ham, qalqon ham ma’naviyatdir.

Ayni maqsadga erishish uchun bir kishi, bir tashkilot ishlashi kamlik qiladi. Biz deputatlar ham bir yoqa, bir yeng bo‘lib bu maydonda faol bo‘lishimiz shart.

Ravshan FOZILOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi,

 Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+