BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?

02.03.2023, 17:25

BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?

Bugungi kunda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi tarkibida 5205 nafardan ortiq maslakdoshlarni birlashtirgan 55 ta Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Mazkur quyi bo‘g‘inlarning barchasi xalq deputatlari Termiz shahar Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shahardagi yirik Boshlang‘ich partiya tashkiloti Termiz davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Nodira Xamidova raislik qilmoqda. Mazkur quyi bo‘g‘in o‘z safiga 650 nafarga yaqin partiya a’zolarini birlashtirgan.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlari, deputatlar va quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirokida ushbu Bolang‘ich partiya tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda  yetakchining qilingan ishlar doirasidagi hisoboti eshitildi. Ta’kidlandiki, Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasiga hamohang bo‘lgan partiya Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda partiya faollari tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilib, bu borada institut rahbariyati bilan uzviy hamkorlik olib borilmoqda. Shuningdek, amaliy natijalar haqida ham aytib o‘tildi.

- BPT a’zolari orasida talaba Aziza Qosimova, Sayyora Xursandovalar O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovida ishtirok etish uchun shahar, viloyat bosqichidan o‘tib, respublikaga nomzod sifatida ko‘rsatildi, — deydi BPT yetakchisi Nodira Xamidova. — Shuningdek, yana bir a’zomiz Toxir Abzoirov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputat etib saylandi. Bundan tashqari, xonadonida qo‘shimcha ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istaganlarning ham 2 nafariga imtiyozli kredit olishida ko‘maklashildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari yetakchining hisobotini qoniqarli deb topdi va N.Xamidova boshlang‘ich partiya tashkilotiga qaytadan rais etib saylandi.

Tadbir davomida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yana yosh talabalarni yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirilishida, shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkilotidagi faol partiya a’zolariga estalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+