Davlat dasturi: joriy yilda iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish maqsad qilingan

03.03.2023, 15:48

Davlat dasturi: joriy yilda iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish maqsad qilingan

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining har bir bandi mamlakatimiz rivoji uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, bu muhim hujjat har birimizning farovon yashashimiz uchun juda muhim omildir. Aynan shuning uchun ko‘plab yurtdoshlarimiz Davlat dasturi loyihasini muhokama etishda faol ishtirok etdilar va nihoyat ular tomonidan bildirilgan o‘rinli takliflar, fikr-mulohazalar inobatga olingan holda Prezidentimizning tegishli farmoni asosida 7 yo‘nalish, 100 ta maqsad,  309 banddan iborat joriy yilgi Davlat Dasturi qabul qilindi.

Dasturda iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish borasida vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyot korxonalarida 737,01mln kVt soat elektr energiyasi 813,26 mln kub metr tabiiy gaz va 5,4 ming tonna neft mahsulotlarining tejalishiga erishish ana shunday dolzarb vazifalardan bo‘lib hisoblanadi.

Dasturda tilga olib o‘tilgan ustuvor vazifalar orasida 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 mlrd kVt soatga oshirib, jami 104mlrd kVt soatga yetkazish uchun Buxoro, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy quvvati 800 mVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalari doirasida tenderlarni yakunlab, 5 ta bitimni imzolash rejalashtirilganligi e’tiborga sazovordir.

Bundan tashqari aholi xonadonlarida quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatilishiga ajratiladigan subsidiyalar hajmini 2 baravarga ko‘paytirish ham alohida ta’kidlanganki, bu ham shubhasiz xalqimiz turmush farovonligini oshirish va el yurtimiz ma’murchiligini ta’minlashda xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumki, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarni jalb qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida aynan shu muhim masala yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berganliklari bejizga emas.  Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarning ham faolligi muhim sanaladi.

Bobomurod Ochilov,

 O`zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari,

 xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+