Partiya faxriylariga hurmat va e’tibor ko‘rsatildi

03.03.2023, 15:51

Partiya faxriylariga hurmat va e’tibor ko‘rsatildi

O’zLiDeP Navoiy viloyati Faxriylar Kengashi va “Mahalla” xayriya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi hamkorligida Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda bir necha yillar davomida partiyaga xizmati singan faollar, faxriy deputatlar, mahalliy Kengashlardagi O’zLiDeP deputatlari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Faxriylar kengashi raisi F.Soliyev Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan tadbirlar, ta’lim muassasalari va mahallalarda faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” , “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy”, “Har bir nuroniy - besh nafar yoshga murabbiy” kabi mavzularda muloqotlar tashkil qilinayotganligini e’tirof etishdi.

“Ayni paytda viloyatimizda O’zLiDeP a’zolari soni qariyb ellik sakkiz ming nafarga  yetgan bo‘lsa, ulardan 13 ming nafardan ortig‘ini nafaqadagi faxriylarimiz tashkil etmoqdalar. Maqsadimiz faxriylarimizning katta hayot tajribasidan foydalanib, ulardagi mahorat va salohiyatni yoshlar tarbiyasiga jalb etishdir. Bu borada o‘g‘il-qizlarimizga namuna ko‘rsatib, ularni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashga ham e’tibor qaratish ham aniq vazifalarimiz sirasidandir. Eng muhimi, bugun faxriylarimiz yoshlarni jamiyatdagi voqealarga befarq bo‘lmaslikka, Vatanimizda yaratilgan imkoniyatlarning qadriga yetishga undab, turli tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar”, - dedi viloyat Kengashi deputati M.Eshniyozov.

Uchrashuvda so‘z olgan bir guruh faol yoshlar ushbu uchrashuvdan mamnun ekanligini bildiridi. Ularning 16 nafari partiyaga a’zo bo‘lish istagi bilan chiqishdi.

Tadbir so‘ngida partiyaning fidoyi vakillari rag‘batlantirildi.

  • Ko'rildi
    118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+