Aholi va yirik korxonalarga energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish borasida targ‘ibot olib borilyapti

03.03.2023, 15:53

Aholi va yirik korxonalarga energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish borasida targ‘ibot olib borilyapti

Prezidentimiz shu yil 3 fevral kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida elektr energiya resurslaridan oqilona foydalanish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan vazifalar belgilab bergan edi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlari  Namangan shahridagi “Markaz” elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda bu yilgi qish mavsumi og‘ir va sinovli kechgani va elektr, gaz ta’minotidagi uzilishlar bo‘lgani, bu aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqargani, shuning uchun kelgusi yil kuz-qish mavsumiga hozirdan va jiddiy tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat G’iyosiddin Boboxonov vakili esa Oydinko‘l, Chaman mahallalarida energiya ta’minoti pastligi haqida gapirib, deputatlik so‘rovi  yuborishini bildirdi.

Deputat B.Oripov elektr ta’minoti korxonasining fuqarolar murojaati bilan ishlash bo‘limi xodimlari qo‘pollikka, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganliklari  xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan anomal sovuqda shijoat bilan ishlagan, avariya xolatlarini bartaraf etishda fidoyilik ko‘rsatgan  xodimlarni  rag‘batlantirish takliflarini ham  kiritdilar.

Uchrashuv jarayonida Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabdagi  «Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash buyicha qurilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga ham e’tibor qaratildi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha ob’ektlar va «Yangi O’zbekiston» massivlarida, shuningdek, umumiy maydoni ming kvadrat metrdan katta bo‘lgan barcha savdo-ko‘ngilochar markazlarining bino-inshootlarini loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv iste’moli hajmining kamida 25 foizi ushbu ob’ektlarda o‘rnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali quritish,  energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda aholiga va yirik korxona rahbarlariga tushuntirish ishlarini olib borishda va hududlarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda deputatlar bilan  xamkorlikda ishlashga kelishib  olindi.

  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+