Davlat dasturi: qishloqlarda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga e’tibor qaratiladi

03.03.2023, 16:36

Davlat dasturi: qishloqlarda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga e’tibor qaratiladi

Barqaror rivojlanish yo‘lidan og‘ishmay borib, tobora obodlik kasb etayotgan Yangi O’zbekistonimizda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi.

Davlat dasturi mamlakatimizning yorug‘ ertasi, xalqimiz farovonligiga daxldor bo‘lgan aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Unda ayniqsa, qishloq xo‘jaligini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 2023 yilda suv resurslarini boshqarishda uzluksiz tizimni yo‘lga qo‘yish hamda suvni tejaydigan raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvni yetkazib berishdagi tabiiy yo‘qotishlar hajmining 10 foizgacha kamaytirilishi rejalashtirilgani e’tirofga molik.

750 mingta yangi dehqon xo‘jaliklarini tadbirkorga, yer egasiga aylantirish, buning hisobiga qishloqlarda ijtimoiy muammolar, avvalo ishsizlik va kambag‘allik masalasini hal etishning zamirida ulkan insonparvarlik yotganini ko‘rish mumkin.

Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishda 2 ta ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirishning belgilangani ham soha samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi tayin.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv xajmi bo‘yicha soliq stavkasini oshirish orqali suv solig‘i bo‘yicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sug‘orish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yo‘naltirilishi ta’minlanishining o‘zi ham Yangi O’zbekistonning obodlik kasb etishiga xizmat qilishi muqarrar.

Bir so‘z bilan aytganda, “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining qabul qilinishi bilan jonajon O’zbekistonimizning yorug‘ istiqboliga mustahkam tamal toshi qo‘yadigan yirik islohotlar amalga oshirilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

To‘lqinjon Fayziyev,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi

partiya deputatlik guruhi rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    143
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+