Eng chekka hududda yashovchi aholining murojaatlari joyida hal qilindi

06.03.2023, 10:53

Eng chekka hududda yashovchi aholining murojaatlari joyida hal qilindi

Xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy, mahallama-mahalla yurish orqali har bir xonadonga kirib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bunday ezgu ishlarning tub zamirida, avvalambor, xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘ maqsad mujassam.

Ana shu ezgu maqsadlarni ko‘ngliga tuygan O’zLiDeP  Andijon viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati  Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Andijon tumanining chekka hududlaridan biri “Qum ko‘cha” MFYda bo‘lib aholi vakillarining muammolariga quloq tutdi. 

Jumladan, “Qum ko‘cha” MFY Ravon ko‘chasidagi 111-xonadonda yashovchi Umarova Malikaxonning 2 nafar farzandi ishsiz ekanligi, ularni o‘qitish va ishga joylashtirish masalasida qiyinchiliklar bo‘layotganini bildirdi. Xalq vakili tomonidan bu masala joyida hal qilinib, Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida farzandlarini o‘qishi uchun markaz rahbari bilan bog‘lanib, muammoga yechim topdi.

Yana bir fuqaro Ozodaxon Haydarova “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ayni kunlarda moddiy ko‘makka muhtoj. Deputat bu muammoni nazoratga olib, fuqaroga bir martalik moddiy yordam puli berilishini aytib o‘tdi. 

O’rganishlar davomida aholi vakillariga muqobil energiya, quyosh panellari haqida tushunchalar berib, ularni taklif va mulohazalari tinglandi.

Xalq noibining uyma-uy yurib aholi vakillari bilan uchrashuvlari  doirasidagi mazkur amaliy ishlari saylovchilariga yelkadoshlik, hamfikrlilik, ko‘makdoshlik, mas’uliyatlilik fazilatlarini o‘zida ifoda etdi.

  • Ko'rildi
    272
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+