Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti

06.03.2023, 10:57

Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti

Bugungi kunda mamlakatimizda  elektr energiyasiga bo‘lgan talabning yuqoriligi uni tejash va qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan samarali foydalanish talab etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda Buxoro viloyatig  korxona va tashkilotlarning ma’muriy binolariga muqobil energiya manbalaridan - quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida izchil ishlar amalga oshirilyapti.

OʻzLiDeP faollari hamda mahalliy Kengash deputatlari ham davlatimiz rahbarining bu boradagi Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Ular ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari natijasida viloyatdagi bir qator yirik tashkilotlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari qizg‘in tus olgan.

Bu borada Qorovulbozor tumanida boshlangan amaliy sa’y-harakatlar davom etmoqda.

Kuni kecha xalq deputatlari tuman Kengashidagi OʻzLiDeP Deputatlik guruhi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi ijtimoiy ob’ektlarda quyosh energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan elektr tarmoqlari korxonasi rahabari B.Aslonovning  hisoboti eshitildi.

Hisobotida ta’kidlanganidek, yurtboshimizning joriy yilning 17 fevral kuni viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar va ko‘rsatmalari, shuningdek, tegishli Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda  muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha 20 dan ortiq  korxona va takilotlarda kuyosh panelari o‘rnatildi. Xususan, tuman Moliya bo‘limi binosini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 12 kvt quvvatga ega, Davlat soliq inspeksiyasi binosida 10 kvt quvvatga ega quyosh panellaridan foydalanila boshlandi. Endilikda soliq inspeksiyasi ushbu Quyosh mini stansiyasidan energiya olish bilan bir qatorda , ishlab chiqarilgan energiyaning ortiqcha qismini sotish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.  Tuman hokimligi binosida o‘rnatilgan 12 kvt quvvatga ega quyosh panellari ham elektr energiyasini tejash imkoniyatini yaratmoqda.

Shuningdek, hududdagi yirik tadbirkorlik  sub’ektlari hamda aholi xonadonlarida ham bosqichma-bosqich shunday panellar o‘rnatish rejalashtirilgan.

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+