Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. 8 mart - Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.
Ayni kunlarda yurtimizda sana munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbuslari bilan viloyat “Sahovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi va saylov okruglari hududidagi ta’lim muassalalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tizimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil qilindi.
Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarining hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, turmush sharoitlarini har tomonlama yaxshilash asosiy ustivor vazifa bo‘lib kelayotganligi ta’kidlandi. Barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlashda xotin-qizlarning o‘rni nafadar beqiyosligi xaqida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchi xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring