Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17

Bugun O’zLiDeP deputatlari yurt taqdiriga daxldor bo‘lib, xalqimizni rozi qilish yo‘lidan borishmoqda.
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi partiya deputati Davlatjon Xolmurodov ham shunday xalq noiblaridan biri.
Deputat o‘zi saylangan hudud aholisi turmush farovonligini oshirish, ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni tizimli hal etishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
El-yurt dardi bilan yashayotgan deputat “Birdamlik” MFYdagi o‘z saylovchilari bilan tez-tez uchrashib turadi. Uchrashuvlar chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan har bir masalani diqqat bilan tinglab, ijobiy hal etish choralarini ko‘radi.
O’tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida aholi vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlarni diqqat bilan o‘rgangan deputat tashabbuskorligi va bosh-qoshligida Oxunov ko‘chasidagi notekis yo‘llar tekislandi. 4 ta tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi. Me’mor ko‘chasi hududida joylashgan qabriston va mahalladan o‘tuvchi yirik ariqni tozalash ishlari bolib borildi.
Fidoyi deputat bu ishga shahar kadastr, arxitektura bo‘limlari, “Bekobodyo‘lsanoat” korxonasi, “Birdamlik” MFY raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchilarini jalb qildi.
Ko‘pdan quyon qochib qutulmaydi, deganlaridek, deputat boshchiligida katta uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida hudud obod qiyofa kasb etdi.
Deputat shuningdek, hududda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Ularga joyida ijobiy yechim topish imkonlarini qidiryapti. O’z yechimni kutib turgan masalalarni mutasaddilar orqali ijobiy hal qilmoqda.
Natijada, murojaatlar qanoatlantirilayapti. Muhimi, xalqimizning og‘iri yengil bo‘lyapti. Ertangi kunga ishonchi ortyapti.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Deputat fuqarolar murojaatini zudlik bilan hal qildi
01.12.2023, 15:12
-
Buxoro viloyat kengashi sessiyasida oilaviy tadbirkorlik masalasi muhokama qilindi
29.11.2023, 11:11
-
Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda
28.11.2023, 15:45
-
Yoshlarga moliyaviy ko‘mak ajratilishida shaffoflik ta’minlanishi kerak!
23.11.2023, 19:09
-
Nurobodda 3 ta maktab faoliyati o‘rganilganda muammolar borligi aniqlandi
23.11.2023, 18:49
Fikringizni qoldiring