Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22

O`zLiDeP Jizzax viloyati kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan O’zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qoshidagi Jizzax akademik litseyida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturi – yoshlar nigohida”, deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti va Jizzax politexnika instituti professor –o‘qituvchilari, partiya faollari, litseyda faoliyat yuritayotgan pedagoglar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga jahonda va yurtimizda kechayotgan jarayonlar, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida yoshlarning ta’lim olishlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish borasida belgilangan maqsad va vazifalar, shuningdek, Yangi O’zbekistonda hukmron bo‘lgan diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik muhitini asrab-avaylash, bu borada yoshlarning o‘rni mavzularida so‘z yuritildi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan tadbirda mehmonlar o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardilar.
Sirojiddin Ahmatov,
O`zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring