Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida "Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi faollari, shahar Kengashi deputatlari va professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda deputatlar va partiya faollari o‘z ma’ruzalarida partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishda faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish va bugungi kundagi mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan keng e’tibor, barcha sohalarda yoshlarning o‘rni, ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlanayotgani xususida alohida to‘xtalishdi. Ayniqsa, yoshlar faoliyatiga doir ko‘plab Qaror va Farmonlar, qonunlar qabul qilinayotganligi, yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib bo‘lishlari, har bir daqiqasidan unumli foydalanib, Vatan ravnaqi, yurt kelajagi uchun munosib farzandlar bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarini deputatlarga bildirishdi.
Xususan, oliy o‘quv yurtida va shahar atroflarida zamon talablariga javob beradigan avtoturargohlar va avtobekatlar tashkil etilishi bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.
Bugungi kunda mazkur oliygohda 25 mingga yaqin talaba yoshlar tahsil olmoqda.
Yoshlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga deputatlar tomonidan batafsil javob qaytarildi, 18 nafar faol talaba yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.
Fazliddin G’aybullayev,
O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining
birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring