Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti

13.03.2023, 14:40

Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti

O’zLiDeP Navoiy Kengashi tarkibida 11686 nafar a’zolarni o‘z ichiga olgan 105 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda  uyushqoqlik bilan hisobot–saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday yig‘ilishlardan biri 159 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan Navoiy shahar “Saxovat” bozori MChJ huzuridagi partiya quyi bo‘g‘inda ham o‘tkazildi.

Quyi bo'g‘inning 2022 yil faoliyati to‘g‘risida BPT raisi B.Ro‘ziyevning axborati tinglandi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan partiya a’zolari o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar, jumladan, yil davomida 52 nafar yangi a’zolar qabul qilinganligi, deputatlar bilan hamkorlikda 11 nafar quyi bo‘g‘in vakilining murojaati hal etilganligini takidladilar. Shu  bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Xususan, partiya saflarini o‘stirish, elektorat vakillari muammolarini ijobiy hal etishda ba’zi mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda o‘zilishlar mavjudligi, bu esa murojaatlarning yechimini topishiga to‘sqinlik qilayotganligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturining ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+