Faxriylarimiz har jabhada faol bo‘lishi lozim

14.03.2023, 16:01

Faxriylarimiz har jabhada faol bo‘lishi lozim

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida viloyat hamda tumanlardagi Faxriylar kengashi raislari, a’zolari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Unda respublika "Nuroniy" jamg‘armasi hamda partiya Siyosiy Kengashi huzuridagi Faxriylar kengashi raisi, O’zbekiston Qahramoni Sodiqjon  Turdiyev ishtirok etdi.

Tadbirda Faxriylar kengashi tomonidan qilingan ishlar sarhisob qilindi. Aytish kerakki, bugungi kunda viloyatda jami faxriylar soni 4994 nafarni tashkil etadi. Ular orasidan 15 nafari viloyat Faxriylar kengashiga a’zo bo‘lishgan. Shu bilan birga, 14 ta tuman va 1 ta shahar kengashiga ham har birida 15 nafardan faxriy a’zolarimiz bor. Ular turli tadbirlarda doim faol. Yoshlarga bugungi siyosatimiz, islohotlarning mohiyatini tushuntirishdan erinmaydilar.

Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, yakka-yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan keksalarning ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularni yo‘qlash, holidan xabar olish kabi ezgu ishlarning ham boshida ana shu faxriy a’zolarimiz turibdi.

Tadbirda shular haqida so‘z borar ekan, bundan keyin ham faol keksalarimiz o‘g‘il-qizlarimizni vatanparvar qilib tarbiyalash, ularda insoniylik fazilatlarini shakllantirishda asosiy yo‘lboshchi bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi. Bir yo‘la kengash a’zolari tomonidan qilinadigan amaliy ishlar, vazifalar kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+