Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi

19.03.2023, 15:05

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi

O`zLiDeP Bektemir tuman Kengashi tomonidan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

“I.M.Gubkin” nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti qoshidagi akademik litseyida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida O`zLiDeP Bektemir tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Furqat Qalandarov, raisning birinchi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati Gavxaroy Tuxtasinova, litsey o‘qituvchi-o‘quvchilari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berdi.

- Bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida. Chunki xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetmoqda. Xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi, - dedi Furqat Qalandarov.

Tadbirda shular xususida so‘z borar ekan, xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ta’lim olish huquqi va imkoniyati ham kengaytirilib,  o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi bo‘yicha ham normalar kiritilganligi alohida e’tirof etildi.

Xususan, oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Uchrashuvda so‘z olgan partiya faollari joriy yil 30 aprel kuni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barcha talaba yoshlarni o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda faol ishtirok etishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    438
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+