Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi

23.03.2023, 14:55

Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi

Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlar ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Otabek Sobitov ishtirok etdi.

Tashviqot avvalida yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoraligiga urg‘u berilib, aholimizning 18 milliondan ortig‘i yoshlar ekanligi, ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib, 25 millionga yetishini hisobga olib, Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida bob kiritilayotgani muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidladilar.

Muloqot davomida yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish, ularning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga olishi yoshlar hayotda o‘zlarini to‘laqonli namoyon etish imkoniyatini ta’minlashi ta’kidlandi.

Savol-javob ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida barcha talaba-yoshlar referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.

  • Ko'rildi
    431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+