Ijtimoiy rivojlanishning kafolati
24.03.2023, 11:55

Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini ko‘rishimiz mumkin. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida.
Mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaga ko‘ra, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yi cha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olmoqda. Bu esa bugungi kunda 2 million 200 ming ehtiyojmand oila moddiy yordam olishini kafolatlaydi.
Davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyati yuklanmoqda. Xulosa qilib aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiya barqarorlik va ijtimoiy rivojlanish kafolati bo‘la oladi.
Iftixor ZIYOYEV,
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari,
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring