Yangi Qomus biznesingiz rivojini kafolatlaydi!

24.03.2023, 11:56

Yangi Qomus biznesingiz rivojini kafolatlaydi!

“Buyuk Turon” mahallasida joylashgan “Kichik sanoat zonasi”dagi “Alp texnoservis” MChJda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi tashviqotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov  so‘zga chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashda tadbirkor, ishbilarmonlarning ham takliflari inobatga olinib, mulk huquqi, uy-joy daxlsizligini ta’minlash masalalari Asosiy qonunimizda o‘z aksini topayotgani, so‘nggi olti yil davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida muhim qonunlar, davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari qabul qilinganligi, endilikda bu normalar Konstitutsiyamizda mustahkamlanayotganligi haqida batafsil so‘z yuritdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+