YANGILANAYOTGAN KONSTITUSIYA: “Yoshlar huquqi har tomonlama kafolatlanadi”

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashlari ham “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish hamda ushbu muhim hujjat bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumga tayyorgarlik borasida faollik ko‘rsatishmoqda.
Shu maqsaddagi tadbirlardan biri Romitan tumanidagi 1-kasb-hunar maktabida pedagog va o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyat mudiri, mahalliy kengash deputati Rahima Atoyeva va O‘zLiDeP tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Nasriddin Vohidov Konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlanganini misollar bilan tushuntirdi.
Maktabning tarix fani o‘qituvchisi, partiya faoli Mahliyo Kamolova loyihada davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishi alohida me’yorlar bilan mustahkamlanganini qayd etdi. Unga ko‘ra, yurtimizda yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
O’z navbatida yoshlar ham qiziqqan savollariga javob olishdi. Tashkilotchilar yig‘ilganlarni ushbu muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etish va Yangilangan Konstitutsiyamizni qo‘llab-quvvatlab, ovoz berishga chaqirdi.
O'xshash yangiliklar
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasi: Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
29.09.2023, 12:15
-
Prezidentimizning BMT yuksak minbaridan so‘zlagan nutqini yoshlarimiz o‘rganmoqda
29.09.2023, 12:12
-
Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
28.09.2023, 12:02
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
Fikringizni qoldiring